sirt
bilan ulashing
1. Narsalarning tashqi tomoni, tashqi yuzi.
-
Yer sirti. Oy sirti. Sirti koʻk idish. Mol olasi sirtida, odam olasi ichida. Maqol
-
Bu choynakning sirti ajoyib naqshlar bilan bezatilgan ekan. Oltin olma
-
Kun tigʻ tortib, daryoning u tomonidagi adirlarning sirti toʻq yashil, jilgʻalari qora tusga kirdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Narsa yoki kimsaning tashqi qiyofasi, koʻrinishi; zohiriy tomoni.
-
Sirti yaltiroq, ichi qaltiroq. Maqol
-
Siringni sirtingga chiqarma. Maqol
-
Demak, u sirtdan husnga qanchalik boy boʻlsa, maʼnaviy jihatdan ham shuncha boy ekan-ku! K. Yashin, Hamza
-
Bular sirtdan magʻrurdek koʻrinadilar. Biroq bu magʻrurlikka kirmaydi, buni kibr deyiladi. Shukrullo, Saylanma
3. Tashqari, chet.
-
Dushmanning sirtida emas, ichida boʻl. Maqol
-
Sinalmagan otning sirtidan oʻtma. Maqol
-
Zumrad hanuz sirtda iymanib turardi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Men qoʻl qoʻyib, muhr bosar edim-u, lekin sirtdan turib sizlarga yordam berganim maqbul. J. Sharipov, Xorazm
-
Yoʻq, shoir hissini boʻlmaydi aldab, Sirtdan baho berib boʻlmas kishiga. Shukrullo, Saylanma
4. mat. Geometrik shaklning tashqi yuzi, umumiy qismi.
-
Shar sirti. Silindrning yon sirti. Botiq sirt. Uyurma sirt.
-
Fanda sirtning xususiyatlarini oʻrganuvchi butun boshli yoʻnalishlar mavjud. Fan va turmush
5. geogr. Tizma togʻ choʻqqilari.
-
Agar mana shu Muzloq togʻning choʻkkalagan nor tuyaning oʻrkachiga oʻxshagan sirtiga chiqilsa, kishining koʻzi oldida bir-biriga zid ikki dunyo ochiladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
SIRT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИРТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sirt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar