hujumkor
bilan ulashing
1. Hujum qiluvchi, hujum bilan harakatlanuvchi (hujum — toʻgʻri va koʻchma maʼnoda).
-
Xurramov boʻlinmasi hujumkor gruppalar bilan dushmanning oʻq olmas joylarini portlatishi kerak edi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
Hujumkorlar qancha koʻpaysa, choʻl shuncha tez chekinadi. Gazetadan
-
Dushman jang bilan chekinar, lekin biron marrada hujumkorlarimizni toʻxtatib qolishdan ojiz edi. N. Safarov, Olovli izlar
2. Hujumga asoslangan, hujum bilan xarakterlanuvchi (ish-faoliyat kabilar haqida).
-
Komandalar oʻtgan davr mobaynida koʻpgina qiziqarli, hujumkor futbol oʻyinini namoyish qilib, muxlislar qalbiga olam-olam quvonch bagʻishladilar. Gazetadan.
HUJUMKOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУЖУМКОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hujumkor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar