hukmronlik
bilan ulashing
1. Hukmron boʻlish, hukm yuritish.
-
Xonlarning hukmronlik davri.
-
Oʻrta Osiyoda ikki asrlik arablar hukmronligi davri bir qator turkiy tillarda, shu qatori, oʻzbek tilida belgili iz qoldirdi. OʻTA
2. Hukmini oʻtkazish huquqiga egalik; hukmini oʻtkazish. Moʻgʻullar hukmronligi.
-
Bu [1555 yil 27 maydagi] gʻalaba Shimoliy Hindistonda ikkinchi marta boburiylar sulolasi hukmronligining oʻrnatilishini taʼminlagan. OʻzME
3. koʻchma Hukm surgan, egallagan holat.
-
Bechora oshiq-maʼshuqlar qochishmoqchi! Hali bu yerda oʻz hukmronligini zimdan davom ettirayotgan jaholatdan qochishmoqchi P. Tursun, Oʻqituvchi
hukmronlik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hukmronlik qilmoq
-
Rivoyat qilishlaricha, Dehlida, shoh Akbar hukmronlik qilgan zamonda, bir savdogar yashar ekan. Gazetadan
-
Bu mamlakatda Nodirshoh degan hukmronlik qilar ekan. Oltin beshik
Hukmronlik qilmoq
-
Chorizm hukmronlik qilgan davrda mehnatkash inson kadri tuproq bilan teng edi. N. Safarov, Olovli izlar
Hukmronlik qilmoq
-
1916 yil oxiri, oʻlka xarob, ocharchilik hukmronlik qilmoqda. Gazetadan
HUKMRONLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУКМРОНЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hukmronlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar