hunar
bilan ulashing
1. Muayyan koʻnikma, mahorat talab qiladigan, tirikchilikning asosiy manbai hisoblanuvchi ish, mashgʻulot; kasb.
-
Hunar, hunardan unar. Maqol
-
Yigit kishiga yetmish hunar oz. Maqol
-
Onam ham oʻqituvchi, Bir hunari — toʻquvchi, Menchi aʼlo oʻquvchi Q. Muhammadiy.
-
Yigitning qoʻlida gulday hunari bor. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Otasining hunarini yaxshi egallab olgan bu yigitcha uchun qishloqda ish koʻp edi. S. Ahmad, Hukm
-
— Boshqa bir hunarga bersak boʻlmaydimi? — dadamning sartaroshlikka hech koʻngillari yoʻq edi. E. Raimov, Ajab qishloq
2. Biror ishdagi mahorat, sanʼat; mohirlik, ustalik talab etuvchi ish, xatti-harakat
-
Hunarining borin unda bildirgan, Kungurasin poʻlatdan qip endirgan. Murodxon
-
Konferansye ikkinchi nomerda xohlagan kishi xohlagan hunarini koʻrsatishi mumkin, deb hammani kuldirdi A. Qahhor, Tanlangan asarlar
-
Chekinish uchun ham hunar kerak bu ham sanʼat talab qiladi Oybek, Quyosh qoraymas
3. Odat tusidagi ish, harakat.
-
Ammo eski hunaringizni qilib, otamga chaqsangiz, mendan shafqat kutmang! Mirmuhsin, Meʼmor
-
Uyda qovogʻini osiltirib, koʻchada begona ayolni koʻrganda iljayadigan, tirjayadigan hunarga oʻrgandi. Mushtum
-
Kesatiq hunaring esingdan chiqdimi, deb turgan edim. Harnechuk yodingda ekan A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
4. Boʻlmagʻur, kelishmagan xatti-harakat, qiliq, odat.
-
Abdishukur, ovozni bunchalik boshqacha qilishni kimdan oʻrganding? Hunaringga balli-ye Oybek, Tanlangan asarlar
-
Gʻaroyib kuchdan sher boʻlib ketgan bolalar tarbiyachilarini koʻrib xijolat tortish, izza boʻlish oʻrniga gʻilaylashgan koʻzlarini suzib, oʻz hunarlarini davom ettiraverishdi. Gazetadan
hunar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hunar koʻrsatmoq
-
Lekin endigi koʻrgazmaga tomosha qilgani emas, hunarimni koʻrsatgani boraman. Gʻalati payvandlar qilganman. A. Qahhor, Tanlangan asarlar
-
Meʼyorini bilganlar shirin oʻtirib, hordiq chiqardi, xurmachasiga sigʻmaganlar hunar koʻrsatdi. Shirin oshga pashsha tushdi Yu. Rajabiy, Toʻylar haqida oʻylar
Hunar chiqarmoq
-
Maktabda endi yigʻilish boʻlib qolsa, uni boʻlar-boʻlmasga maqtaydigan hunar chiqardi. Guldasta
-
Bosh-koʻzimni aylantirib, qoʻlga oldingiz, endi hunar chiqaryapsizmi? S. Karomatov, Bir tomchi qon
Hunar qilmoq
-
Boʻlmagay inson aziz, yaxshi hunar qilmasa. Yoki oʻqib, ilm ila oʻzni guhar qilmasa. Habibiy
-
Sheʼr yozib, xon-u xonzodalar zardasini qaynatmoqni oʻziga hunar qilib olgan. S. Siyoyev, Yorugʻlik
HUNAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУНАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hunar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar