hunarmand
bilan ulashing
1. Uyida yoki oʻz doʻkonida mahsulot ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi kasb-hunar egasi; kosib.
-
Davr taqozosi bilan hunarmandchilikning yangi-yangi turlari vujudga keldi. Hunarmandlar ham turli mahsulotlar tayyorlash boʻyicha ixtisoslasha bordilar. OʻzME.
-
Rastalari turli kasbdagi hunarmandlar — temirchilar, mis choʻkichlab, naqshli barkash, choydish, chilobchin, xilma-xil buyumlar yasovchi misgarlar taqachilar, kulol, baqqol va kosiblar bilan obod edi. K. Yashin, Hamza
-
Yigʻildi turli kosib, turli dehqon, Hunarmand-u shakarpaz, turli bogʻbon. Habibiy
2. Oʻz ish-kasbining mohir ustasi.
-
bu yigitning kelishgan va harakatchan qomati odamlarning koʻz oldiga kelib turadi. — Koʻp hunarmand yigit ekan, azamat! — deydilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Turli xil ranglarning mutanosibligi, oltin qoʻlli hunarmandlar sehrli joziba bagʻishlagan shisha buyumlarni koʻrib, koʻzingiz toʻymaydi. Gazetadan.
HUNARMAND so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУНАРМАНД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hunarmand so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar