huquq
bilan ulashing
1. huquq Davlat hokimiyati tomonidan belgilanadigan va qoʻriqlanadigan, jamiyatda kishilarning oʻzaro munosabatlarini va boshqalarni tartibga soladigan qonun-qoidalar, meʼyorlar majmui.
-
Fuqarolik huquqi.
-
Tinchlik, ozodlik, ayollar huquqi, maʼrifat haqida soʻzlaydi, tushuntiradi, tinchlik uchun imzo toʻplaydi. Oybek, Nur qidirib
-
Huquq buzilishiga qarshi malakali kurash olib borish militsiyaning xizmat burchidir. Gazetadan
2. Kimsaga biror ish-harakat qilish uchun berilgan, davlat qonunlari yoki boshqa xil qonun-qarorlar bilan mustahkamlangan, kafolatlangan imkoniyat, erk, ixtiyor.
-
Saylov huquqi. Pensiya olish huquqi. Dam olish huquqi. Mehnat qilish huquqi.
-
Inson huquqi nima? Ozod yashash, koʻngilga yoqqan uquv, qobiliyat, qolaversa, talant taqozo etgan ishni bajarib yashashmi? Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Men raislik huquqim bilan yangi yer ochishni ham, posyolka qurilishini ham toʻxtatib, barcha odamlarni gʻoʻza parvarishiga tashlayman. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Bu kishini ishlash huquqidan mahrum qilishga haddim sigʻmaydi. A. Qahhor, Yillar
3. s. t. ayn. Huquqshunoslik.
-
kashandalikni tugatish dasturini ishlab chiqib, unda tibbiyot, huquq, tashkilotchilik va tarbiyaviy tadbirlarning keng kompleksi koʻzda tutilsin. Gazetadan
4. koʻchma kam qoʻll. Biror narsaga xos maqom, oʻrin.
-
Shuning uchun ham oʻz davrida puristik harakatning qurboni boʻlgan bu muallim va muallima soʻzlarini oʻz huquqlarida qaytadan tiklash maqsadga muvofiq boʻlur edi. OʻTA
HUQUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУҚУҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
huquq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar