humoyun
bilan ulashing
1. eskirgan, kitobiy “Buyuk podsholarga xos”, oliy darajadagi, eng muqaddas kabi maʼnolarni bildiradi.
-
Farmoni humoyun. Zoti humoyun.
-
Men janobi oliyning humoyun huzurlariga borib, ishorat bilan bu masalani arz qilaman. S. Ayniy, Esdaliklar
-
— Qani, omin, amiralmoʻmininning davlati humoyunlari kam boʻlmasin, gʻanimlari xokpoy boʻlsin, — degan ovozdan soʻng hamma qoʻlini fotihaga koʻtardi. S. Karomatov, Bir tomchi qon.
2. aynan Humo.
-
Jonivor, Qoʻngʻirot eldan keldingmi? Humoyunday menga soya soldingmi? Alpomish
-
Humoyun ovlaydi shoshmas merganlar. Gʻ. Gʻulom
3. Humoyun (erkaklar ismi).
HUMOYUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУМОЮН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
humoyun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar