kuy
bilan ulashing
1. Alanga chiqarmay yonmoq.
-
Tutab kuyayotgan ot eti va terisining qoʻlansa hididan uning koʻngli behuzur boʻlib, boshi aylandi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Umuman, oʻt-olov olmoq; yonmoq; yonib ishdan chiqmoq.
-
Xalq aziz farzandlarining xunini undan talab qiladi; burnini yerga ishqab, vayron boʻlgan shaharlarini, kuyib kul boʻlgan qishloqlarini tiklab berishga majbur qiladi. A. Qahhor, Ikkining biri
3. Ortiq darajada qizib (erib), ishdan chiqmoq (elektr asboblar haqida).
-
Lampochka kuyib qoldi. Dazmol kuyib qolibdi.
4. Ortiq darajada isib-qizimoq; harorati koʻtarilmoq.
-
— O-o, oftobda qolibsizlar-ku? — dedi u, xalqning oftobda kuyib turganligini endi koʻrganday. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Avgust oyi jaziramasi — kuyib yonar edi hamma yoq. E. Rahimov.
5. Oʻt-olov yoki kuydiradigan narsa taʼsirida zararlanmoq, jarohatlanmoq (tirik organizm haqida).
-
Qaynoq suv toʻkilib, oyogʻi kuymoq. Olov sachrab, qoʻli kuymoq.
6. Quyosh issigʻi taʼsirida qurib-qovjirab ketmoq, nobud boʻlmoq (oʻsimliklar haqida).
-
Yana bir yili qattiq qurgʻoqchilik boʻlib, ekinlar kuyib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
7. koʻchma Bekor boʻlmoq, behuda ketmoq; ajrab qolmoq.
-
Mehnatingiz kuymaydi. Unmaydi ham, kuymaydi ham. Matal.
-
Boltaboy, ikki kun ishlab, darrov tabelchidan shikoyat qilayotibdi, deb oʻyladi shekilli, unga [Sidshjonga] tik qarab: — Nima qilishdi? Hech kimning haqi kuymaydi! — dedi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Bechora xotinlar boʻlsa, erlaridan bekitib yurgan pullarini daʼvo qilolmay, damlari ichlariga tushib, kuyib qola beradilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
8. koʻchma Biron kimsa yoki narsadan zarar-ziyon koʻrmoq, yolchimay aziyat chekmoq.
-
Bu odamga qanday vazifa berishni oʻzlaringga havola qilamiz, lekin hosilot kengashiga rais qilsalaring, kuymaysizlar. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Toʻlagan ham koʻp ogʻaynilaridan kuygan, koʻplaridan alamzada ekan. A. Qahhor, Ogʻaynilar
-
Koʻngli ochiq, sodda yigit ekansiz, men ham erdan kuyganman. M. Ibrohimov, Yoʻlakdagi muhabbat
9. so‘zlashuv tili Xarj boʻlmoq, puli ketmoq.
-
Bunga sizning pulingiz kuyibdimi? Puli kuygan qalampir chaynabdi. Maqol
10. koʻchma Alam qilmoq, alam qilib boʻgʻilmoq; qattiq xafa boʻlmoq, gʻam-alam chekmoq.
-
Uzi bilmaydi-yu, menga oʻrgatganiga kuyaman! A. Qahhor, Sanʼatkor
-
Qoʻyinglar, chiroqlarim, soʻramanglar. Bizning koʻrganlarimiz qursin — eshitmanglar ham, kuymanglar ham. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
— Yoʻlchi oʻgʻlimning qoni qutlugʻ, uni yuzga, koʻzga surtish kerak, — chuqur xoʻrsinib davom etdi chol, — kuyma, qizim [dedi Unsinga]. Oybek, Tanlangan asarlar.
11. koʻchma Qaygʻurmoq; achinmoq.
-
Men ketdim, endi senga kim kuyadi Ona shundoq boʻlar ekan! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Eshon tuni bilan uxlamay, qurʼon oʻqiydi. Oʻz taqdiri uchun kuyadi, xudoga nola qiladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
12. Alam-iztirob chekmoq.
-
Yor ishqida kuymoq.
-
Qoshing asli qoradir — oʻsma qoʻyganing yolgʻon, Sening uchun men kuygan — sening kuyganing yolgʻon. Qoʻshiqlar
-
Lutfiniso kabi qadrdon bekasining oʻlimiga kuygan Yormat toʻyni tezroq oʻtkazish xususida ogʻiz ochmay qoʻydi. Oybek, Tanlangan asarlar.
kuy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ichi kuymoq
-
Yakkaxoʻjaliklar, yosh-yalang, ayollar va bolalar ish boshlangan yerga bordilar. Qiziqqanlar ham, hayron boʻlganlar ham, vahimaga tushgan va ichi kuyganlar ham ergashdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Oyogʻi kuygan tovuqdek
Oxirati kuymoq
Ogʻzi kuymoq
Six ham kuymasin, kabob ham
Uyi kuymoq
-
[Yusufbek hoji:] Azizbek bu kun sizlarga yaxshiligingizni oʻttiz ikki tanga soliq bilan qaytarmoqchi boʻldi Uying kuydi, musulmonlar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Yuragi kuymoq
-
Oqsoqol parvo qilmay gapirdi: — Bay-bay Yurak kuyib ketdi. Qani, bir piyola muzdek suv olib chiqing-chi! P. Tursun, Oʻqituvchi
-
[Tojiboy Gulsumga:] Seni parvardigorim mening uchun yaratgan. Sening ishqingda yuragimning yarmisi kuyib ketdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
KUY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kuy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar