kuyib-pish
bilan ulashing
1. Ortiq darajada tashvishlanmoq, kuyinmoq.
-
Otam boʻlsa tushunolmay: — Ha, nima gap oʻzi, nima boʻldi? — deb kuyib-pishadi bechora. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Ignani yoʻqotib qoʻygan kuni kuyib-pishgan Toshmatov direktor kabinetiga xomush kirib keldi. Mushtum
-
Chokar hazilga oʻch yigit edi. Hayotdagi koʻp nohaqliklarni koʻrsa-da, kuyib-pishavermas S. Siyoyev, Avaz
2. Jon-jahdi bilan harakat qilmoq, ishlamoq.
-
Men shuncha yildan beri kuyib-pishsam ham, hech qaysing Otangga rahmat! deging kelmaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bilasizmi, birov sizga katta ishni ishonib topshirganidan keyin, kuyib-pishmasang boʻlmas ekan. A. Muxtor, Opa-singillar
KUYIB-PISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУЙИБ-ПИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kuyib-pish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar