po‘choq
bilan ulashing
1. Meva, sabzavot, danak va shu kabilarning ustini qoplab, uni tashqi taʼsirdan himoya qiluvchi qattiq qobigʻi, qalin va zich poʻst.
-
Tarvuzning poʻchogʻi. Kartoshka poʻchogʻi. Tuxum poʻchogʻi. Yongʻoq poʻchogi. Gʻoʻza poʻchogʻi.
-
Sidiqjon akam tuproq tashiy qolsinlar, oʻzim yaxshi oshqovoq poʻchoqqa uzun ip bogʻlab beraman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Meva, sabzavot qoldigʻi, chiqindi.
-
Qoʻyga poʻchoq bermoq. Poʻchoq yigʻishtirmoq.
-
Ketish oldidan Ahmad yerga tushgan handalak urugʻi va poʻchoqlarini bittalab terdirdi, daryoga tashlattirdi. Yoshlik
po‘choq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Poʻchoq pul
Poʻchoqcha yoki pista poʻchoqcha
-
Rais Jamolning gapini poʻchoqcha fahmlamaganini bildirdi. E. Usmonov, Yolqin
-
[Nor:] Bugʻdoydanmi? [Kumush:] Nimadan boʻlsa ochib gapiravering! Yuragim shu toʻgʻrida pista poʻchoqcha andisha qilmaydi. Hamza, Tanlangan asarlar.
PO‘CHOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПЎЧОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan PO‘CHOQ so‘ziga berilgan ma’nolar
po‘choq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
po‘choq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing