qabil
bilan ulashing
1. a. [ — nav, xil; tarz, yoʻsin)
2. Oʻ.-p. k. va ch.k. shaklida koʻmakchi vazifasida qoʻllanadi: qabilida Qiyos, oʻxshatish munosabatini bildiradi; tarzida, yoʻsinda.
-
Raisning Qoʻrqqan oldin musht koʻtarar qabilida qilgan hozirgi harakati oʻtirganlarga yoqmadi. S. Mahkamov, Shogird
-
Aqli bor odam, faqir kishi panada, qabilida oʻzini bir chetga olib, ishini oʻxshatib yuraveradi. V. Gʻofurov, Vafodor
-
Sen menga tegma, men senga tegmayman, qabilida ish tutish — eng xavfli maraz. F. Musajonov, Himmat.
qabil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qabilidan
-
Yegan ogʻiz uyalar, qabilidan Oʻzbek oyim ham muomalani qudalarga qildi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bu tom va devorlar goʻyo boʻlsa — boʻlar, boʻlmasa — gʻovlab ketar qabilidan qilib, omonatgina qoʻn-qaytirib qoʻyilgandek koʻrinadi. H. Shams, Dushman
-
Qoravoy polvon ular qabilidan emas, siyosatdan ham oz-moz bahslashar edi. Y. Shamsharov, Toshqin
-
Qobil aka oʻzini sensirab, traktorini sizsiraydiganlar qabilidan. Oʻzbekiston qoʻriqlari
QABIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАБИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qabil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar