qabohat
bilan ulashing
1. ot Qabih ish, yaramas xatti-harakat; qabihlik.
-
Qanday pastkashlik, qanday yaramas qabohat! Shu mahalgacha sezmaganimga hayronman! deb oʻyladi Gʻulomjon. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Intizor har uy dilovar, Dilkusholar bazmiga, Gar oyoq qoʻysa qabohat, Yigʻlagay ostona ham. E. Vohidov, Muhabbat
2. sifatdosh Qabohatli, razil, qabih.
-
Qabohat ish.
-
Bozorning ustini tuman olibdi, Odamlarga qabohat kun boʻlibdi. Ochildov
-
Bu qabohat qirgʻin poyoniga yetmay, davlatpanoh aʼyonlari qurshovida jar yoqasida qator tizilgan oʻlim dorlari tomon yurdi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
QABOHAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАБОҲАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qabohat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar