kuyin
bilan ulashing
1. Qattiq achinmoq; tashvish tortmoq; xafa boʻlmoq.
-
Elmurod badiiy asarlar odamlarning tashna dillariga naqadar rohat bagʻishlaganini sezar, lekin bunday asarlarning oʻz tilimizda kamligidan kuyinar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
— Exudo, shuncha xor qilguncha, omonatingni olib qoʻya qolsang nima qiladi-ya! — deb kuyinadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Ayash, achinish, gʻamxoʻrlik bilan qaygʻurmoq.
-
— Voy oʻlmasam, chiq-a, chiq vagoningga, yuragimni yording, — dedi onasi kuyinib. N. Safarov, Saodatning qissasi
-
Nizomjon urushda eri, oʻgʻli halok boʻlgan ayollarni koʻrgan. Ularga ich-ichidan kuyinadi. S. Ahmad, Ufq
KUYIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУЙИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan KUYIN so‘ziga berilgan ma’nolar
kuyin so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
kuyin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing