chet
bilan ulashing
1. ot Biror narsaning markazidan uzoq atrof, joy; biror narsaning eng chekkasi; chekka, ovloq.
-
Shahar cheti. Supaning cheti. Chet joy. Chet oʻlka.
-
— Mana aqcha, — Mirzo choʻntagidan tilla tangalar toʻldirilgan xaltachani chiqarib, dasturxon chetiga qoʻydi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Yoʻllarning ikki chetidagi ariqlar va chuqurlar koʻchma qum, xas-xashak bilan toʻldi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Toʻqqiz-oʻn kunlik oy shaharning qoq ustida cheti qoraygan barkashdek yaltirab turar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Biror obʼyektga nisbatan boshqa tomon, taraf; tashqari.
-
Chetga qaramoq. Chetga tortmoq.
-
Raʼno yuzini chetga oʻgirib, kulib turar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Murzin Elmurodni koʻrib, chetga burildi. Shuhrat, Shinelli yillar
3. Qirgʻoq, sohil, yoqa, lab.
-
Daryo chetidagi daraxtlar aksi suvda chayqaladi. Yoshlik
4. koʻchma sft. Begona, ajnabiy, xorijiy.
-
Chet el. Chet mamlakat. Chet tili.
-
Oʻninchi sinfda chet tili toʻgaragining mashgʻuloti borardi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Devorda va yerda qimmatbaho gilamlar, aʼlo sifatli chet el garnituri. F. Musajonov, Himmat
5. ot Tashqari, sirt; chekka.
-
Chetdan odam yollash. Chetdan tomosha qilib turmoq.
chet soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chetda qolmoq
-
Ishdan chetda qolmoq. Nazardan chetda qolmoq.
-
Rahmat soʻzdan chetda qoldirmaslik uchun Otabekni ham oraga oldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Biroq, turkiy tillar materiallari hozirga qadar lingvist-strukturalistlar eʼtiboridan chetda qolib kelmoqda. OʻTA
Oʻzini chetga olmoq (yoki tortmoq)
-
Naq shu pallada darvozadan katta qora sigir shataloq otib, orqasida bir kishini surib kirdi. Boy choʻchib, oʻzini chetga oldi. Oybek, Tanlangan asarlar
CHET so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЕТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chet so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar