qopla
bilan ulashing
1. Ustini yoki hamma yogʻini qamramoq, burkamoq, bosmoq.
-
Koʻk yuzini bulut qopladi. Xonani tutun qopladi. Butun borliqni qorongʻilik qopladi.
2. Sathini, yuzasini, betini egallamoq; band qilmoq.
-
Suv betini muz qopladi. Qirlarni yam-yashil maysalar qopladi. Dalalarni qor qopladi.
-
Ustini qovjiroq oʻtlar, sargʻish qamishlar qoplagan koʻhna qabrlar aro kezdi. S. Siyoyev, Avaz
3. koʻchma Qamrab, egallab olmoq (mavhum narsalar haqida).
-
Uning boshini turli fikrlar, rejalar qopladi. Oybek, Navoiy
-
Murodning qalbini xijolat aralash sevinch qopladi. T. Ashurov, Oq ot
-
Eʼzozxonning koʻnglini allaqanday shubhalar, sovuq vahimalar qoplab, oʻzini behol sezdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Qiz butun vujudini toʻsatdan qoplagan ogʻriq bilan onasini xotirlaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Biror narsa sirtini, betini, ustini boshqa narsa bilan oʻramoq, sirtiga, betiga, ustiga boshqa narsa sirmoq, yopishtirmoq, toʻshamoq, yotqizmoq.
-
Devorga marmar plitalar qopladik. Divanga duxoba qoplamoq. Yoʻlni asfalt bilan qoplamoq.
5. Toʻsmoq, berkitmoq; egallamoq.
-
Qoʻli bilan ogʻzi-burnini qoplamoq.
-
Safarov supadagi kigizni tortib, alanganing ustini qopladi-da, yugurib, tashqariga chiqdi. A. Qahhor, Koʻr koʻzning ochilishi
-
Eshik ochilib, barzangiday yigit chiqdi, gavdasi bilan eshikni qopladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Moʻysafid domla butun devorni qoplagan katta doskaga temalarni yozishga kirishdi. O. Yoqubov, Muqaddas
6. Talab, ehtiyojga yetarli boʻlmoq.
-
Ularning topgan pullari roʻzgʻor ehtiyojini zoʻrgʻa qoplardi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
-
Yashinning daromadi ehtiyojimizni qoplamasdi. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
7. koʻchma Yoʻqotilgan yoki yetishmaydigan narsa oʻrniga oʻrin boʻlmoq, oʻrnini toʻldirmoq, bosmoq.
-
Zararni qoplamoq. Qarzni qoplamoq.
-
Dehqonning ming mashaqqat bilan ekib olgan hosili xarajatni qoplay olmasdi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Shuning uchun butun chiqimini qoplaydigan davlat toʻplamasa boʻlmaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
qopla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻrpa qoplamoq
-
Toʻy uchun yangi koʻrpalar qoplamoqchi boʻladilar, partoʻshaklar olmoqchi boʻladilar. A. Qodiriy, Utgan kunlar
-
Unsin xola qizining uch yangi koʻrpasini qop-lab, qaviqdan chiqardi. A. Hayitmetov, Unsin xola
Yuziga (yoki betiga) charm qoplamoq
Qopga solmoq, qopga joylamoq.
-
Bugʻdoy qoplamoq.
-
Bu kishilar sabzi kovlab, qoplamoqda edilar. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
QOPLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОПЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qopla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar