uslub
bilan ulashing
1. Til unsurlarining maʼlum vazifa bajarishiga bogʻliq holda birlashadigan, til birliklarining oʻziga xos tanlanishi, birikishi va shu kabilar bilan xarakterlanadigan tizimlar.
-
Til uslublari. Funksional uslublar.
-
Demak, turli poetik obraz va tasviriy vositalar muayyan bir uslubning unsurlarigina, xolos. OʻTA
2. Til vositalaridan foydalanishning maʼlum bir yozuvchi, asar, janr uchun xarakterli boʻlgan usullari majmui.
-
A. Qahhor uslubi. Felyetonlar uslubi.
-
Navoiy uchun Xusrav [Dehlaviy] oʻziga xos uslubga ega boʻlgan ajoyib lirik shoir hamda buyuk xamsanavisdir. OʻTA
3. Til vositalarining ekspressiv-uslubiy belgi asosida tanlanishi (saylanishi); nutqning soʻz qoʻllash va sintaktik meʼyorlarga mos holda tuzilishi.
-
Kitobiy uslub. Rasmiy uslub. Ilmiy uslub.
4. Ishlash, boshqarishdagi oʻziga xos yoʻl, usul.
-
Rahbarlik uslubi. Suzish uslubi. Mirzachoʻl paxtakorlarining ish uslubi.
-
Binokorlikda sharqona uslub koʻplab binolar koʻrkiga koʻrk qoʻshdi. Fan va turmush
-
Markazning asosiy maqsadi — dunyodagi eng yaxshi oʻqitish uslubini oʻrganishdir. Fan va turmush
USLUB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УСЛУБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uslub so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar