urchuq
bilan ulashing
1. Tolalardan qoʻlda yoki mashinada ip yigirish, pishitish uchun ishlatiladigan moslama yoki qurilma; duk.
-
Qoʻrgʻonning ichida bir necha qora uy qator tikilgan va bularning oldida yosh bolalar ikkovlashib tuya yungidan urchuq bilan ip yigiradilar. S. Ayniy, Qullar
2. Toʻqimachilik sanoatida: ip yigiruv mashinalarining ipni pishitib oʻraydigan qismi; duk, yig.
-
Bir kilo., paxta chit boʻlib toʻqilguncha Minglab moki otilur, minglab urchuq aylanur. Gʻ. Gʻulom
-
Ular pillakashlik fabrikasining keng, yorugʻ korpuslariga kirib, minglarcha urchuqlarga mayin ipak tolalari oʻrayotgan yigit va qizlarni koʻrishibdi. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar
URCHUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УРЧУҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
urchuq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar