chertil
bilan ulashing
1. Barmoq bilan keskin zarb bermoq, barmoq bilan urib, past, keskin ovoz chiqarmoq, taqillatmoq.
-
Oynani chertib chaqirmoq. Tarvuzni chertib koʻrmoq. Doʻppisini chertib tozalamoq.
-
Avaz hazillashib, uning taqir boshiga ikki marta chertdi. S. Siyoyev, Avaz
-
Boʻta idoraga kirib, stulga oʻtirdi. Nima qilishni bilmay, stolni chertib, xayolga toldi. S. Ahmad, Hukm
2. Chertmak bilan itqitmoq, uloqtirmoq.
-
Zokir qoʻlidagi qogʻozni ikki buklab, choʻntagiga soldi va yoʻl-yoʻl boston pidjagining yengiga yopishgan uvoqni chertib tashladi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
[Moʻminjonning otasi] Quyuq qoshlarini chimirib, chekib turgan papirosini gullar orasiga chertib yubordi-da, uyga kirib ketdi. Q. Maqsumov, Muhabbat qoʻshigʻi.
3. Barmoq yoki barmoqlar bilan zarb berib chalmoq.
-
Top chertmoq. Doʻmbira chertmoq.
-
U yaxshi chalayotganini, tor oʻzining qoʻlida bulbulday sayrayotganini bilar, bilgan sari zavq bilan chertardi. Oʻ. Hoshimov, Bahor qaytmaydi
chertil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Burniga chertsa yiqilguday
-
Ixcham yelkalari yana ham kichkina tortib ketgan, burniga chertsa yiqilguday charchagan boʻlsa ham, oʻzini tetik tutishga tirishar edi. Shuhrat, Shinelli yillar
Hoʻkizning (yoki eshakning) qulogʻiga tanbur chertmoq
CHERTIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЕРТИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chertil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar