chetan
bilan ulashing
1. Sochiluvchi yuklarni tashish uchun tol, tut novdalaridan toʻqib yasalgan maxsus kajava, kuzov.
-
Qovunim pishib chirib ketdi. Jilla boʻlmasa, bitta chetanda olib tushay-da, sotib, bolalarga kiyimlik olay, deb xayol qilgan edim. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Chetandan qilingan, chetan bilan oʻralgan.
-
Adolat xirmondagi paxtani chetan aravaga ortgach, tepasiga oʻtirib, qishloqqa joʻnadi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Ular chetan devor bilan oʻralgan moʻʼjazgina hovliga kirib borishdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Keyin bilsam, chaylaning chetan eshigi ochilib-yopilayotgan ekan. H. Nazir, Yonardaryo
Raʼnogullilar oilasiga mansub, qizil yoki sargʻish shoda-shoda mevali daraxt yoki buta hamda uning mevasi.
CHETAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЕТАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chetan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar