kuyov
bilan ulashing
1. Qizning eri (qizning ota-onasi, aka va opasiga nisbatan).
-
— Yoʻq, oyi, hech nima kerak emas, — yana muloyim gapirdi qizi, — kuyovingizni joʻnataman, deb charchadim. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Fotiha oʻqilib, kuyov qayin onaga uzr aytdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Salimboyvachcha ildamlik bilan ularga yugurdi. Singlisidan ahvol soʻrab, kuyovining qoʻlini siqdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2. Endi uylanadigan, uylanayotgan yoki yangi uylangan yigit (oʻz qayligʻiga, xotiniga nisbatan).
-
Xonzoda begim hozir yigirma yoshdalar shu vaqtgacha munosib kuyov uchramay, dogʻda edik. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Sen hali dengizni koʻrganing yoʻq, qizim! Xudo xohlasa, kuyoving bilan birga koʻrasan. A. Qahhor, Xotinlar
-
Bular kelin bilan kuyov boʻlsa kerak. S. Ahmad, Yulduz
3. Yangi uylangan yigitga qarindosh-urugʻ yoki yaqin kishilarining murojaat shakli.
-
Toʻladan kelgan, xushfeʼl Karimovich ham dastlabki kundan boshlab unga yoqib qolgan edi. — Kuyov, ishlar qalay? — soʻradi u, stoli ustidagi yarqirab turgan oynada qizil qalamni oʻynab. Mirmuhsin, Umid
kuyov soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ich kuyov
KUYOV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУЁВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kuyov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar