kuz
bilan ulashing
1. Yoz bilan qish oʻrtasidagi fasl,
-
Kech kuz. Kuzga yaqin.
-
Shu orada yasharkan Bir badavlat — boy xoʻroz, Rohat umr koʻrarkan Kuz-u qish-u bahor, yoz. Z. Diyor.
-
Deraza oldidagi tol novdasidagi yaproqlar kuz shamoliga bardosh berolmay, uzilib, yerga tushardi. S. Karomatov, Oltin qum
2. koʻchma Davrning, masalan, kishi hayotining, umrning oxirgi damlari.
-
Kimdir shoshilib javob qaytardi: — Bu gal uning [dushmanning] kuzi keladi. N. Safarov, Komissar Qoraboyev
-
Axir yoshimiz ketyapti, umr bahorimiz oʻtib, kuzimiz yaqinlashib kelyapti, Hayotxon! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
KUZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kuz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar