kuyuk
bilan ulashing
1. Pishirilgan, qovurilgan narsaning kuygan joyi, kuygan qismi.
-
Kuyuk kulcha.
-
Kecha kechqurun Grasiano poʻchoq va non kuyuklari bilan qornini toʻygʻazdi. Yo. Shukurov, Grasiano
2. Kuyish natijasida hosil boʻlgan yara, jarohat; kuygan.
-
Kurum bosgan devorlar tagida qulab yotgan kuyuk yogʻochlarni u yoq-bu yoqqa surib koʻrdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Uning kuyuk sochsiz boshi, yarimta yuzi jizgʻanak boʻlib, shilvirab turar edi. Oybek, Quyosh qoraymas
3. aynan Kuyindi.
-
Oftob tikkaga kelgan, yoʻl changi, yongʻin, kuyuk, dud isi tomoqlarimizni qaqratgan edi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
-
Shabada kuyuk islarini ham tarqatib yubordi. A. Muxtor, Chinor
4. koʻchma s. t. Dogʻ-alam, dard-gʻam; alamli, kuygan.
-
Har kuyukka koʻnar odamning boshi. Goʻroʻgʻli
-
Bolasini koʻrib, kuyuklari ketdi. Yusuf va Ahmad
-
Endi solma koʻp dogʻingni, Kuyuk jismim jon oʻrtar. Hamza
KUYUK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУЮК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kuyuk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar