kuza
bilan ulashing
1. Tekis qilib kesmoq, qirqib tekislamoq (yolni, soqolni, moʻylovni). Toyning yolini kuzamoq.
-
Ota [Oxunboboyev] uning [Mustaqimning] gaplarini goh panjalari bilan chiroyli kuzalgan soqolini tarab, goh kelishgan moʻylovining uchini himarib, yuzi-koʻzi kulib eshitdi. Y. Shamsharov, Ulgʻayish
-
Endigina qirqni hatlagan bu banda, chiroyli kuzalgan qop-qora soqolini demasa, yoshiga nisbatan yosh koʻrinar edi. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha
2. Daraxt va butalarga manzarali tus berish uchun ortiqcha shox-shabbalarini kesib tekislamoq.
-
Talashuv xiyobondagi xorazmcha choʻgirmaga oʻxshatib kuzalgan pakana daraxtlar tagida ham davom etdi. E. Aʼzam, Kechikayotgan odam
sheva Ketmoq, joʻnamoq (biror marosim, mehmondorchilikdan soʻng).
-
Mehmonlar ancha kech kuzadi.
KUZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kuza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar