kuzat
bilan ulashing
1. Ketayotgan kishi bilan xayrlashish uchun biror yergacha birga bormoq, biror yergacha borib, chiqib, xayr-xoʻsh qilmoq; uzatmoq.
-
Mehmonlarni vokzalgacha kuzatib chiqmoq.
-
Komil bilan Boʻronbek Ziyodillani kuzatib qoʻyish uchun dalaga chiqishdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Adham shuncha kuzatib qoʻyaman desa ham, Karomat koʻnmadi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Ichkarida Oʻzbek oyim mehmonlarni kuzatib boʻlib, Kumush bilan onasidan hoʻppak olar [gina qilar] edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Avazunimozoriston chetidagi yoʻlgacha kuzatib qoʻydi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab qaramoq, koʻzdan kechirmoq.
-
Quyosh tutilishini kuzatmoq.
-
Ergash minbarning panjarasini barmoqlari bilan qisib, koʻzlari chaqnab, xalqni kuzatardi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Krasnov, harsillab-gursillab, daraxtga chirmashdi-da, tevarakni kuzatdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Yusufjon Shomat qiziqning oʻyinlarini diqqat bilan kuzatib, oʻrganadi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
3. Zimdan qarab tekshirib turmoq, taʼqib qilmoq.
-
Ularni chetroqda shjayib kuzatib turgan choyxonachi, hech voqeaga tushunmay, yuziga fotiha tortdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Dushman qochgan joy kuzatish joyi ekanligi aniqlandi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
4. Biror narsani (maqsadni) nazarda tutmoq; koʻzda tutmoq, koʻzlamoq.
-
Agar Musulmonqul bu ishlarni bir yaxshi maqsadni kuzatib qilganda, zolimlarni oʻrtadan koʻtarib, yurtga osoyish berganda, unga kim nima deya olar edi? A. Qodiriy Oʻtgan kunlar
-
Keyindan maʼlum boʻldiki, bu Boqimirzoning bu yerga kelishdan kuzatgan muddaosiga daxldor ekan. A. Qahhor, Mirzo
-
Bombalar kuzatilgan moʻljalga — gazandalar toʻplangan joyga tushar, hammayoqni larzaga keltirib yovni qiyratardi. J. Sharipov, Xorazm
KUZAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУЗАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kuzat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar