o‘tqaz
bilan ulashing
1. Kimsaning oʻtirishi uchun joy bermoq, oʻtirishga koʻmaklashmoq.
-
Gilamga oʻtqazmoq. Divanga oʻtqazmoq. Mashina kabinasiga oʻtqazmoq.
-
Zaynab oyogʻi olti, qoʻli yetti holda erini toʻrt qavat koʻrpacha ustiga oʻtqazib, yoniga uchta par-yostiqni uydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Joylab qoʻymoq, oʻrnatmoq.
-
Yoʻlchi tokchada yotgan shamni yoqib, bir piyolani toʻntarib, uning ustiga shamni oʻtqazdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mulla Burhon oppoq doka sallani qoziqdan ohista oldi, kimxob toʻppiga oʻtqazdi va boshiga qoʻydi. M. Joʻraboyev, M. B. martabasi.
3. Ekmoq (koʻchat, qalamcha haqida).
4. Oʻrinlashtirmoq, joylamoq; qoʻymoq.
-
Kvartirant oʻtqazmoq.
o‘tqaz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻtqazgani joy topmaslik
-
Oftob oyimni boʻlsa Oʻzbek oyim oʻtqazgani joy topmas, quda soʻzi oʻrniga, singlim, deb xitob qilar, oshni ham uning raʼyini soʻramasdan buyurmas edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Boshiga oʻtqazmoq
-
Yosh, chiroyli xotinga yoqish, uning koʻnglini koʻtarish uchun, uni hammamizning boshimizga oʻtqazib qoʻyadi. Oybek, Tanlangan asarlar
O‘TQAZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎТҚАЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘tqaz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar