bafurja
bilan ulashing
1. ravish Xotirjamlik bilan, xotirjam holda; shoshmasdan, bamaylixotir, bemalol.
-
[Qosimjon:] Hozir idoraga borib kelaman, keyin bafurja gaplashamiz. Oʻ. Umarbekov, Yulduzlar
-
Bugun dam olish kuni boʻlgani uchun Elmurod bafurja turdi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
— Choyni oʻzingiz bafurja ichavering, — dedi u. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Keyinchalik, qulay paytda; kechroq.
-
— Yuring, [fermani] koʻrsataman, — deb qistadi Tatyana. Kampir bafurja kelishga vaʼda berdi. I. Rahim, Hayot buloqlari
-
— Qoʻzgʻalmanglar, — dedi bizga samovarchi, — hali aravakash bu yerda dam olib, bafurja joʻnay-di. N. Safarov, Olovli izlar
BAFURJA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАФУРЖА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bafurja so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BAFURJA so‘ziga berilgan ma’nolar
bafurja so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar