kutubxona
bilan ulashing
1. Kitob, jurnal va shu kabilarni toʻplash, saqlash va ularni tashviqot qilish, oʻquvchilarga foydalanish uchun berish bilan shugʻullanuvchi muassasa.
-
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining kutubxonasi.
-
Temirjon haligina kutubxonadan olib kelib, divanga betartib sochib qoʻygan kitoblariga qaradi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Yodgor shu kuni tushdan keyin kutubxonaga borgandi Zalda oʻn-oʻn besh kishidan boʻlak hech kim yoʻq edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Turi jihatdan bir-biriga yaqin boʻlgan va maʼlum bir toifadagi kitobxonlarga moʻljallangan kitoblar seriyasining nomi.
-
Mushtum kutubxonasi. Jahon adabiyoti kutubxonasi.
3. Maʼlum shaxsga tegishli koʻp miqdordagi kitoblar va shu kitoblar turadigan joy.
-
Eshikdan bosh suqib, unga salom berdi-da, mehmonxona tokchalari toʻla kitoblarga bir muddat tikilib qoldi. Otasi oʻzining boy kutubxonasi bilan bejiz faxrlanmasdi. K. Yashin, Hamza
KUTUBXONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУТУБХОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kutubxona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar