hukmron
bilan ulashing
1. Oʻz hukmini oʻtkazadigan shaxs; hukmdor, hokim.
-
[Xudoyor] Astoydil Musulmonqulning otaligʻidan qutulishni va mustaqil ravishda hukmron boʻlishni orzu etgan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
-
Axsining hukmroni Umarshayx mirzo bu kecha haramda oʻn sakkiz yoshli Qorakoʻz begimning xobgohida uxlab yotibdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. koʻchma Hukmini oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan; hukmdor.
-
Milliy tilning saqlanishi va rivojlanishi hamma vaqt ijtimoiy tuzumning, hukmron sinfning odamiga bogʻlik. Fan va turmush
3. koʻchma Hukm surgan, zabt etgan, egallagan holatli.
-
Mana endi dafʼatan fikrsiz, oʻysiz qoldi, yuragi boʻm-boʻsh, bunda faqat gʻashlik va ogʻriq hukmron. X. Sultonov, Onamning yurti
-
Tong yorishdi, yulduzlar uchdi, Yana oftob koʻkda hukmron. R. Bobojon.
HUKMRON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУКМРОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hukmron so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar