farmon
bilan ulashing
1. Biror ishning bajarilishi haqida beriladigan buyruq, hukm, topshiriq; amr.
-
Farmon bermoq. Farmon chiqarmoq.
-
Borniki — farmon bilan, Yoʻqniki — armon bilan. Maqol
-
U farmon kutib, xonga yuzlandi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Oʻlmas maston qirqin qiziga farmon qildi. Malikayi ayyor
2. Hokimiyat oliy organi yoki davlat boshligʻining qonun kuchiga ega boʻlgan buyrugʻi, farmoyishi.
-
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining farmoni.
farmon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Farmoni oliy
-
Saroy vaziri noiloj bosh egib, farmoni oliy hozirlagani chiqib ketdi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
FARMON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАРМОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
farmon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar