hujjat
bilan ulashing
1. Kimsaning kimligini (shaxsiyatini), mashgʻulotini, biror tashkilotga aʼzoligini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport, guvohnoma, talabalik bileti, aʼzolik bileti va shu kabilar).
-
Erkak kishi ichkariga kirdi va soat choʻntagidan hujjatini olib koʻrsatdi. Oʻ.Umarbekov, Yoz yomgʻiri
-
Muhiddinning oʻrta maktabni kumush medal bilan tamomlagani, agronomiya maktabida oʻqigani haqidagi hujjatlarni koʻzdan kechirib, bir chekkaga surib qoʻydi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Inspektor hujjatlarimni sinchiklab tekshirdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
2. Biror ish-faoliyat yoki narsaga haq-huquq va shu kabilarni koʻrsatuvchi, tasdiqlovchi ish qogʻozi.
-
Ertalab borib, joʻnash uchun kerakli hujjatlarni oldi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Qumqishloqqa ishga borasiz. Men hujjat yozib beraman. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Xoʻjabekov — rais, Saidgʻozi — uning qoʻl ostida yurgan kichik bir odam., barcha hujjatlarda Xoʻjabekovning qoʻli. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Ular savdo-sotiq hujjatini rasmiylashtirgach, haqiqiy ziyofat boshlanib ketdi. K. Yashin, Hamza
3. Ilmiy, ijtimoiy yoki tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan yozuvlar, suratlar, asar yoki adabiyotlar.
-
Urxun-Yenisey yozuvlari eng qimmatli tarixiy hujjatlardir.
-
Umid keliboq professorning maqolasini yozishga kirishib ketdi. Kitoblar titdi, gazetalarda bosilgan hujjatlarni oʻqib chiqdi. Mirmuhsin, Umid
-
Hozir shahrimizda ana shu muhim hujjat katta qiziqish bilan muhokama etilmoqda. Gazetadan
HUJJAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУЖЖАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hujjat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar