zo‘rla
bilan ulashing
1. Zoʻrlik bilan biror ishga undamoq, majbur qilmoq; xohishdan tashqari ish qildirmoq.
-
Bemorga zoʻrlab dori ichirmoq.
-
Usta Olim oshga sabzi bosish bilan ovora edi: — Men sizni zoʻrlamayman, lekin yoʻl ustida qorningiz ochib qolsa, oʻzingizdan oʻpkalang. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
[Matpano] Oʻzini har qancha zoʻrlagani bilan bugun bir chetda turib, yolgʻiz oʻzi gʻazal aytolmadi. S. Siyoyev, Avaz
-
Rahima opa uni [qudasini] zoʻrlab qoʻltigʻidan olib, ichkari xonaga yetakladi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
2. Birovning nomusiga tegmoq; tajovuz qilmoq.
-
Yosh bir yigit onasi tengi ayolni zoʻrlamoqchi boʻlyapti. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Qotillik va oʻgʻirlik qilish 9 protsent, zoʻrlash 5 protsent koʻpaygan. Gazetadan
ZO‘RLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗЎРЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan ZO‘RLA so‘ziga berilgan ma’nolar
zo‘rla so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
zo‘rla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar