zo‘rlik
bilan ulashing
1. Jismoniy baquvvatlik; kuchlilik; ulkanlik; shiddatlilik.
-
Askarning zoʻrligi. Aqlning zoʻrligi. Shamolning zoʻrligi.
2. Zoʻravonlik, adolatsizlik.
-
— Bu nima zoʻrlik, bek? — Mavlon aka gʻazabdan titrab soʻradi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Bu qanday zamon, bu adolatsizlikka, bu hukm surayotgan yomonliklarga, bu zoʻrlik, zugʻum, haqorat, insonning bunchalik oyogʻosti boʻlishiga qanday chidash mumkin?! [dedi Ibni Yamin]. K. Yashin, Hamza
-
Aholi gʻalayonga keldi, qoʻrqqanidan emas, zulmga, zoʻrlikka, haqiqatsizlikka chidamaganidan gʻalayonga keldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
zo‘rlik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zoʻrlik qilmoq
-
Palovdan toʻgʻri foydalana bilish kerak. Qazili palov yoz oylarida zoʻrlik qiladi. S. Ahmad, Saylanma
-
Qaymoq zoʻrlik qilib, oʻlguday chanqatdi. E. Raimov, Ajab qishloq
ZO‘RLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗЎРЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zo‘rlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar