baho
bilan ulashing
1. Biror narsaning pul bilan oʻlchanadigan qiymati; narx.
-
Yuqori baho. Past baho. Chakana baho. Bozor bahosi. Kelishilgan baho. Qatʼiy baho. Uydagi narxni bozordagi baho buzar. Maqol
-
Otimning oʻmildirigʻiga ularning havasi kelib, bahosini soʻradilar. A. Qodiriy, Kichik asarlar.
2. koʻchma Ahamiyat, mohiyat, qadr-qimmat.
-
Bizda suvning bahosi oltinga teng.
3. Taʼlim tizimida oʻquvchilarning bilimni oʻzlashtirishi, axloqi yoki maʼlum yutuqqa erishish darajasiga qarab qoʻyiladigan ball.
-
Besh baho. Qoniqarli baho.
-
Endi maktab boraman, Besh bahoni olaman. Onamni quvontirib, Shokoladni olaman. Boychechak
-
Nutqi ravon bolalarning baholari koʻpincha yuqori boʻladi. Saodat
-
Bu baholar bilan institutni orzu qilmasa ham boʻlardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
baho soʻzi qatnashgan jumlalar:
Baho bermoq
-
Biz esa bunga toʻgʻri baho bermay, rahmdillik qilamiz. K. Yashin, Hamza.
Bahosi yoʻq
-
Hayotda gaz — bahosi yoʻq narsa ekan.
-
Lekin [Oʻrmonjon] yaxshi odam, xudoga qarab aytganda, bahosi yoʻq odam. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Bechora Oqila, oʻzi juda halol, mehnatkash, bolalarga juda mehribon, qisqasi, bahosi yoʻq xotin. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Ayniqsa, musaffo havosining, tanga orom baxsh etuvchi sarin yellarining bahosi yoʻq. Yoshlik
BAHO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҲО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baho so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar