baharnav
bilan ulashing
1. ravish Har qalay, durust, har holda, bir navi.
-
Katta odamning, hadeb surishtira bermay, oʻz holicha yurgani ham baharnav ekan. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Choyxonachi Mirzo buvaga koʻmaklashib, suv tashib yurganiyam baharnav ekan. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Qoʻshaloq oʻgʻlining yettisi kuni butunlay ovozi chiqmay qoldi. Sochini yulib yigʻlaganiyam baharnav ekan. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
2. Qanday qilib boʻlmasin, qanday qilib boʻlsa ham, amallab.
-
Baharnav, shu ehtimolni xonning qulogʻiga yetkizsak bas-da, Kalonshoh. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
BAHARNAV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҲАРНАВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baharnav so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar