chorsi
bilan ulashing
1. sft. tar. Toʻrt tomoni teng toʻrtburchak shaklidagi; kvadrat.
-
Chorsi roʻmol. Chorsi hovuz.
-
Novdalari qirqilaverib toʻmtoq kallak boʻlib qolgan qator tut daraxtlari chorsi kartalarni ajratib turibdi. Mirmuhsin, Umid
-
U kattakon chorsi qiyiqchaning bir uchidan tutib silkitdi. Oʻ.Hoshimov, Ikki eshik orasi
2. shv. ot Belbogʻ, qiyiqcha.
-
Bobur mijjalarida yiltiragan tomchilarni ipak chorsi bilan artishdan istihola qilmadi. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi
-
Mulla Chori, qoʻlida tuproq solingan koʻk chorsi, Gʻaybarovning yoniga keldi. M. M. Doʻst, Galatepaga qaytish.
3. shv. ot Katta roʻmol.
-
Kampir negadir oq surp chorsisining uchini labiga qistirib olgan, yuzi sirliroq koʻrinardi. M. M. Doʻst, Galatepa qissalari
-
Qarshimda oppoq chorsiga oʻralgan bor dunyosi farishtaday ulugʻ siymo turardi. A. Nurmurodov, Urush bevalari
-
Yuzlarini tilim-tilim ajin qoplagan qaynonasi doka chorsisining uchlarini kiftlariga yelvagay tashlagan koʻyi mushtdek kichrayib oʻtirardi. N. Qilichev, Chigʻiriq
4. Tarixiy shaharlarda: usti yopiq savdo-sotiq joyi, yaʼni bozorning markaziy, rastalar kesishgan joyi; umuman, savdo-sotiq joyi.
-
Avazxon bunday qarasa, shahar chorsu bilan registondan iborat ekan. Gulshanbogʻ. Xivada chorsu doʻkonlari koʻproq Ota va Polvon darvozalar koʻchalari boʻylab joylashgan edi. OʻzME
CHORSI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧОРСИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chorsi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan CHORSI so‘ziga berilgan ma’nolar
chorsi so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar