poyga
bilan ulashing
1. sprt. Kim oʻzdi musobaqasi.
-
Yugurish poygasi. Avtomobil poygasi. Velosiped poygasi.
-
Hamma poygada marraga yetay deb qolgan chavandozning hayajoni bilan yashaydi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Mabodo poygada qatnashmasa, goʻyo otini kamsitgandek boʻlardi oʻzicha. T. Ashurov, Oq ot
2. koʻchma Biron ish-harakat, jarayonda boshqalarga nisbatan yuqori natijalarga, koʻrsatkichlarga erishish uchun boʻlgan harakat; musobaqa.
-
Paxta terimida Fargʻona poyganing oldida boryapti. Gazetadan
3. koʻchma Biror sohada bir-biridan oʻzib, ustun turish uchun boʻlgan harakat, raqobat.
-
Bugungi kunda yer yuzida yadro qurollari bilan qurollanish poygasiga qarshi ovoz tobora baralla yangramoqda. Gazetadan
poyga soʻzi qatnashgan jumlalar:
Poyga qilmoq (yoki qoʻymoq)
-
Yuray, desa toʻrt oyogʻi toladi, Poyga qilsa, piyodadan qoladi. Nurali
POYGA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЙГА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
poyga so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar