poyintar-soyintar
bilan ulashing
1. Mazmuni bir-biriga qovushmagan, bogʻlanmagan; poyma-poy, maʼnosiz.
-
Poyintar-soyintar gap.
-
Ashurtoy aka kayf aralash nima deyayotganini oʻzi ham yaxshi sezmasdi — poyintar-soyintar gapirardi. R. Fayziy, Hazrati inson
-
Mallayevning poyintar-soyintar tuyulgan gaplaridan bir nima ilgʻamay, asta tashqari chiqdi. Yoshlik
2. so‘zlashuv tili Gandiraklagan, alpon-talpon.
-
Poyintar-soyintar qadam tashlamoq. Poyintar-soyintar yurmoq.
POYINTAR-SOYINTAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЙИНТАР-СОЙИНТАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
poyintar-soyintar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar