poyandoz
bilan ulashing
1. Alohida hurmatga sazovor kishini yoki kelin, kuyovni kutib olish uchun uning yoʻliga, oyogʻi ostiga solingan yoki solinadigan gilam, palos yoki mato.
-
Yoʻllariga poyandoz solmoq.
-
Xayribibi bilagiga tashlab chiqqan oq krepdeshin poyandozni kelin oyogʻi ostiga yozib, qoʻyarda-qoʻymay uni bostirdi, patnisdagi qand-qursni boshidan sochib yubordi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
U [qiz] onalikka uzatilgan kun xotirida bir umr qolsin deb, toʻy-tomoshalar qildilar, yoʻliga poyandoz soldilar. H. Ahmar, Yakkama-yakka
2. Umuman, polga toʻshalgan gilam, palos.
-
Toshpoʻlatov poyandoz solingan uzun kori-dordan bamaylixotir kirib borar ekan, oyoq sharpasini eshitib, ichkaridan Xosiyat xola chiqib qoldi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Sulton piyoladagi choyni jahl bilan gilam poyandozga sepib yubordi. E. Usmonov, Yolqin
3. sheva Koʻrpacha.
POYANDOZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЙАНДОЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
poyandoz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar