poy
bilan ulashing
1. eskirgan, kitobiy, aynan Oyoq 1.
-
Pirnazar polvon qiziga bir elandi-yu, boshini chetga burdi. Ota yuzini ters burgach, Yorqinoy battar ezildi, endi u dadasining poyini quchoqlab yigʻladi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
-
Poyiga yiqilib: — Momo-qiz, men senga nima yomonlik qilib edim, — deyman. T. Murod, Yulduzlar mangu yonadi
2. (egalik va oʻ.-n. k. affiksi bilan) Birovning ixtiyorida, qoʻlida yoki oyogʻi ostida.
-
Lekin aslo qilma armon, Armon qilma, gul jamol, Poyingdadir yorugʻ jahon, Keng jahonga nazar sol. H. Sharipov.
3. Biror narsaning quyi qismi, tagi, etagi.
-
Ulugʻ shoir haykali poyiga mehr-muhabbat va chuqur ehtirom ramzi sifatida gullar qoʻyilmoqda. Gazetadan
-
Faqat daryo labi gezarib, Yopib yotar togʻning poyini. U. Qoʻchqor, Hayajonga koʻmilgan dunyo
-
Sahna-yu minbar poyida ijod ahli bilan uchrashuvga talpinib kelgan kishilar Gazetadan
4. Juft holda ishlatiladigan narsaning har biri, bir toqasi (asosan poyabzal haqida, odatda bir soʻzi bilan ishlatiladi).
-
[Bir] poyi yoʻq etik. Mahsining bir poyi.
-
Uning bir poy paytavasi osilib, yurishga xalaqit berardi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Ochil Sharopov oʻgirilib, poygakdagi poyabzallar ichidan bir poy kavushni olib koʻrsatdi. Sh. Xolmirzayev, Soʻnmas oʻt
-
Nozima dahlizda yotgan bir poy tuflisiga koʻzi tushdi. Yoshlik
poy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Poyi piyoda
-
Mashhur hofiz va mashhur oʻyinchi chol oʻn kilometr masofadagi Urganchgacha poyi piyoda yoʻl oladilar. M. Qoʻshjonov, Diydor
-
Shopur bu shahardan chiqib, poyi piyoda kallasi oqqan yoqqa ketib borayotib edi. Bahrom va Gulandom
-
Ular koʻchaga chiqib, uy oldidagi uzun yoʻlakdan poyi piyoda odimlasha boshlashdi. O. Muxtor, Egilgan bosh
Xoki poy
-
Narzining iziga tushgim kelaverdi. Uning xoki poyini topib, koʻzimga surtsam. N. Safarov, Olovli izlar
-
Oʻgʻli borning egalidir qalʼasi, Xoki poyin surtar mendek enasi. Erali va Sherali
POY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
poy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar