poxol
bilan ulashing
1. Bugʻdoy, sholi kabi boshoqli oʻsimliklarning doni yanchib olingandan keyin qolgan quruq poyasi.
-
Bir bogʻ poxol.
-
Qoramollar ratsioni asosan dagʻal xashak, poxol va oʻsimliklar poyasidan iborat edi. N. Mavlonov, Qoramolchilik
2. Poxoldan qilingan (toʻshak yoki boshqa narsa).
-
Soʻridagi poxol ustiga har kim oʻz oʻrnini yoza boshladi. H. Gʻulom, Zamin yulduzlari
-
Bir gal Fargʻona vodiysini kezib yurganimizda, bizga hamroh boʻlgan yaqin doʻstimizning rafiqasi magazinga kirib, poxol shlyapa olib chiqdi. K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas
poxol soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oldiga poxol solmoq
-
— Olaxoʻja maxsum, Qargʻa qargʻaning koʻzini choʻqimaydi, deb nodonlarning oldiga poxol solib turadi — dedi Abdurasul. P. Tursun, Oʻqituvchi.
POXOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОХОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
poxol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar