poya
bilan ulashing
1. Oʻsimlikning shoxlarini, barg, gul va mevasini koʻtarib turadigan, tik oʻsadigan yer usti qismi.
-
Joʻxori poyasi. Sholi poyasi.
-
Bugʻlanib ketgan deraza ortida qamish tomdan sizib tushayotgan tomchilar koʻrinib qolar, hovli etagidagi makkajoʻxori poyalari yomgʻirdan junjikib egilgan. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Bugʻdoy qip-qizarib pishgan, poyalarigacha qovdek qovurilgan edi. S. Ayniy, Qullar
2. Ishkom yoki soʻrining bagʻazlar mahkamlanadigan yogʻochi.
-
Bogʻda sakkiz uzun ishkom: hammasining poyalari yaxshi ishlangan, pushtalari chopilgan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Koʻprikning nariyogʻida, ishkomga poyasi kesib olingan keksa tol yonida Dildor bilan Aʼzamjon turardi. S. Ahmad, Ufq
-
Bultur ellik kishi borgan edi. Hammasi xursand ekan, tollari poyaga yarab qoldi. H. Gʻulom, Feruza
3. Oyoq, pocha.
-
Karavot poyasi.
4. Ustun.
-
Ruzvon xola asta yurib kelib, Onaxonning qarshisidagi doʻkon poyasiga suyandi. A. Muxtor, Opa-singillar
5. sheva, aynan Pocha 1.
-
Bir nechalar ketar qochib, Botir yurar jardan kechib, Ostidagi mingan oti Poyasidan qonni kechib. Murodxon
6. Zambil, tobut kabilarning tutqichi, dastasi.
-
Koʻzlari qizargan odamlar navbat bilan tobutning poyasini yelkalariga qoʻyib, tez-tez qadam tashlab ketmoqdalar. M. Osim, Karvon yoʻllarida
7. Pogʻona, pillapoya.
-
Oʻrtasi dahliz bilan ajralgan ikki xona bor, roʻparada boloxonaga chiqadigan yogʻoch zinaning baʼzi poyalari tushib ketgan, oʻzi lopillardi. Mirmuhsin, Umid
8. koʻchma Pogʻona, daraja, bosqich.
-
[Navoiyning] Davlatda yuqori poyaga koʻtarilishi xabari uni [Sultonmurodni] samimiy quvontirdi. Oybek, Navoiy
-
Tarbiyalab, yetishtirdi voyaga, Topdi shuhrat, chiqdi buyuk poyaga. Habibiy
9. Baʼzi oʻsimliklarning nomi bilan birikib, ular ekilgan yer, maydon maʼnosini ifodalovchi qoʻshma soʻz yasaydi, masalan: sholipoya, bedapoya.
POYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
poya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar