hayvon
bilan ulashing
1. zool. Harakat qilish va sezish qobiliyatiga ega boʻlgan har bir tirik mavjudot; jonivor.
-
Umurtqali hayvon. Sutemizuvchi hayvonlar. Sudraluvchi hayvonlar. Vahshiy hayvonlar. Uy hayvonlari.
2. Insondan boshqa har qanday jonivor.
-
Oʻrgatilgan hayvonlar. Hayvonot bogʻida hayvonlarning turlari ham, soni ham koʻp.
-
Olimovning hikoyasi bolalarning zehnida shunday taassurot qoldirdi: issiq bilan sovuq, qor bilan yomgʻir, suv bilan havo, oʻsimlik va hayvonlar — bularning hammasi tabiatdagi qazish, oʻyish, yemirish kuchlari hisoblanar ekan H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
3. koʻchma Odati, qiligʻi, xatti-harakati va shu kabilar jihatdan hayvonga oʻxshashlikni, hayvonga nisbatli haqoratni bildiradi.
-
Odamning hayvoni kishi haqidan qoʻrqmaydi, kishi moliga koʻz olaytiradi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Shuncha yildan buyon men uning bunaqa qiliqlari borligini bilmas ekanman. Hayvonning oʻzginasi ekan-ku! Mirmuhsin, Meʼmor
-
— Voy hayvonlar-yey! Tfu! — dedi-yu, shartta burilib chiqib ketdi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Ilgari oz-moz ichib, soʻng boʻldi hayvon oqibat. H. Nuriy
hayvon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ish hayvoni
-
Quloqlarning ot-ulovlari, ish hayvonlari bugun-erta kolxoz hisobiga oʻtishi kerak. P. Tursun, Oʻqituvchi
Obi hayvon
HAYVON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЙВОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
HAYVON so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan HAYVON so‘ziga berilgan ma’nolar
hayvon so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
hayvon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing