hayron
bilan ulashing
1. Mohiyat-sababiga tushunmay, anglab yetmay qiziqsingan, ajablangan holatli; shunday holatda.
-
Shunday toʻpolonchi bolaning birdaniga yuvosh boʻlib qolganini koʻrib, sinfdoshlari hayron edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Xakim aka hayron boʻlib, koʻzlarini pirpiratdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
2. Biror narsa haqida aniq toʻxtam, xulosaga kelolmagan, garang holatli.
-
Otabek garangsib qolgan bu oliyjanob goʻzalga nima deyishini bilmas, qayerdan soʻz boshlashga hayron edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Oʻzini qayonga urishni, jigariday aziz boʻlib qolgan oqkoʻngil, toʻpori yigitni qaydan axtarishni bilmay hayron edi. S. Siyoyev, Avaz
hayron soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hayron boʻlmoq
-
Hamma hayron boʻlib, bir-biriga qaradi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Abdurasul yordamga kimni chaqirishni bilmay, hayron boʻlib turganda, bozor yoʻlidan bir otliq oʻtib qolibdi. P. Tursun, Oʻqituvchi. Hayron qolmoq
-
Jallod shunda dorga tortmoq boʻladi, Bu dor tuhmatlardan hazar qiladi. Dor yiqilib, jallod hayron qoladi. Shirin bilan Shakar
-
Uning abjirligiga hamma hayron qolar edi.
HAYRON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЙРОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hayron so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar