haytovur
bilan ulashing
1. Har qalay, nima boʻlsa ham, qanday boʻlsa ham.
-
magazinda boshqa narsa topilmasa ham, aroq deganning keti uzilmaydi, urugʻi koʻpmi sabilning yoki bulogʻi bormi, haytovur, bosilib yotibdi. S. Nurov, Narvon
-
Oʻgʻlim, hali sen eshitdingmi, yoʻqmi, haytovur, biz sening ustingdan bir ish qilib qoʻydik. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bu — kinoyami yoki chinmi, haytovur, Qosimov tushunolmadi. Y. Shamsharov, Dovruq.
2. Yaxshiki, yaxshiyamki; xayriyat, xayriyatki.
-
Rahim Saidov shoshib telefon kitobini qoʻliga oldi. Haytovur, telefoni bor ekan. Trubkani oldi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
-
Yotib yeganga togʻ chidamaydi. Haytovur, dadam yoshligida shohi toʻqishni chala-chatti oʻrganib olgan ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
HAYTOVUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЙТОВУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
haytovur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar