hazar
bilan ulashing
Yoqimsiz, yomon shaxs, narsa, xatti-harakat va shu kabilardan jirkanib, oʻzini tiyish; tortish, saqlanish.
-
Kundoshingning koʻrinishi bayovga oʻxshasa ham, ammo oʻzi pismiq ekan. Bunday odamdan, albatta, hazar kerak. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Qayin otangizga aytdim: har holda yomondan hazar lozimdir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
hazar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hazar qilmoq
-
Haromdan hazar qilmoq.
-
Toʻgʻrisi ham Otabek ichkilikdan qattiq hazar qilar va bu kungacha mayni oʻziga dushman kabi koʻrib kelar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Har bir qadamingiz odamlarga koʻrinib turibdi. Endi sizdan hamma hazar qiladi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Chunki xalq yolgʻondan hazar qiladi. Gazetadan
-
Shahzoda undan [boyvachchadan] choʻchqadan hazar qilgandek hazar qiladi. K. Yashin, Hamza
HAZAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЗАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hazar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar