hazil
bilan ulashing
1. Qiziqchilik, ermak uchun, oʻynashib qilingan xatti-harakat yoki aytilgan gap; jiddiy, chin emas.
-
Hazilmi, chinmi? Hazilingni qoʻy! Sen hazilni koʻtarmas ekansan. Hazil — hazilning tagi zil. Maqol
-
Koʻrsa — hazil, koʻrmasa — chin. Matal.
-
Tantiboyvachcha Gulandomning soʻzini [kinoyasini] hazil deb oʻylagan boʻlsa kerak. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ichkarida hamon kuy yangrar, Zoyirjonning hazil gaplari, quvnoq qahqaha tinmasdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Xudoybergan xoʻja yarim hazil, yarim chin gapirib, Avazni oʻtirganlarga tanishtirdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Bajarilishi qiyin boʻlmagan; oson.
-
Institutda oʻqish hazil deb oʻylaysanmi? Shuncha yukni koʻtarish hazil emas.
-
— Professor boʻlishning oʻzi ham hazil emas, — dedi Umid Raʼno bilan Hafizaga. Mirmuhsin, Umid
-
Uch-toʻrt oy ichida uchastka qurib olish hazil ish emas. N. Safarov, Olovli izlar
hazil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hazil qilmoq
-
Ergash bolalarning birining yelkasiga urib, birining burnini chimchilab, yana biriga bor, burningni yuvib ke, kirdan qorayib ketibdi, — deb hazil qildi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Nima boʻldi juvonga? Ertadan kechgacha kundoshlari bilan oʻynashadi hazil qiladi, qitiqlaydi Choʻlpon, Kecha va kunduz
HAZIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЗИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hazil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar