poydevor
bilan ulashing
1. Imorat yoki inshootning ost qismi; mashina, mexanizmlarning asosi.
-
Tosh poydevor. Ustun poydevori.
-
Bir hovuch suv ayvonning pishiq gʻishtdan urilgan poydevoriga sachradi-da, shimilib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Imoratning poydevori xarsang toshlardan koʻtarildi, devorlari sinch qilindi. Yoshlik
-
U hovliga kirishi bilan, ayvon poydevoriga suyanganicha, boshini osiltirib uxlayotgan onasini koʻrdi. T. Malik, Shaytanat
2. koʻchma Zamin; negiz, baza.
-
Mehnat — rohatning poydevori. Maqol
-
Insonni maʼnaviy shaxs sifatida shakllantirishda maktab poydevor desak boʻladi. M. Joʻra, Noshirnoma
-
Taʼlimning poydevori bilimning hayotda kerakligini bolaning ongiga yetkaza bilishdir. P. Usmonov, Odobnoma
-
Har tomonlama oʻzaro aloqalarimizga poydevor boʻlib xizmat qiluvchi mazkur hujjat asosida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik tobora ravnaq topayotir. Gazetadan
POYDEVOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЙДЕВОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
poydevor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar