poyla
bilan ulashing
1. Biror kimsa yoki narsaning kelishini kutmoq.
-
Tramvay poylamoq.
-
Endigina oʻn uch yoshga kirgan Usmonjon esa kunduzi odamlarning kelishini poylab, bir-ikki tanga pul ishlar S. Zunnunova, Olov
-
Axir, bu bola tili chiqqandan beri dadasini yoʻqlaydi, kelishini kutib, yoʻlini poylaydi. S. Ahmad, Ufq
-
Bekatda chamadonini yoniga qoʻyib oʻtirib, avtobus poyladi. Yoshlik
2. Biror voqea yoki hodisaning sodir boʻlishini, roʻy berishini kutmoq.
-
Yomgʻir tinishini poylamoq.
-
Boshqa uylarda qarindosh-urugʻlar va nikohni poylab yotgan xotinlar bor edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Doshqozonda qaynar sumalak, Onaxonlar tongni poylaydi. Saodat
3. Biror kimsa yoki narsaning xavfsizligini, daxlsizligini saqlamoq, qoʻriqlamoq.
-
Nega boylar uyin poylab, Tomda shamdek qotamiz! Hamza
-
Mingboshining darvozasini mirshab poylab turibdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. Zimdan kuzatmoq, taʼqib qilmoq; payida boʻlmoq.
-
Uni birdan qoʻrquv bosdi: goʻyo allaqanday yashirin koʻzlar tevarakdan ularni poylab turgandek sezildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Poylab boribsan-da, hammasini koʻribsan-da S. Ahmad, Saylanma
5. so‘zlashuv tili Moʻljalga, nishonga olmoq, moʻljallamoq.
-
Ayiqning oyogʻini poylab oʻq uzmoq. Olmani poylab tosh otmoq,. Quyonni poylab otmoq.
-
Ajdarning toʻxtaganini poylab turib, yana ikkinchi koʻziga yoydan oʻq otib yubordi. M. Mahmudov, Bulbuligoʻyo
poyla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Payt (yoki fursat) poylamoq
-
Kuyov bilan kelin payt poylab, bir-birlarining atrofida anchagina aylanib yurishdi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Payt poylab yurardi, mana bugun oʻsha payt keldi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Fursat poylab, atrofida aylanishib yuraveradi. Sharq yulduzi
Gap poylamoq
-
Gap poylamoq sizdan lozimmi, axir. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Qaysi burchakdadir bekinib, gap poylab yotgan Rahim Tarzanni ergashtirib keldi. H. Nazir, Yonar daryo
Ogʻzini poylamoq
-
Nizom boʻlsa toʻng, kechgacha ogʻzini poylasang ham, bir soʻz chiqmaydigan kamgap bola boʻldi. S. Ahmad, Ufq
-
Nusratbek oʻzini qiynab yurgan savollarga bir yoʻla najot topadigandek uning ogʻzini poyladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
Qadamini poylamoq
-
Yaxshiboyev sassiz kuldi. Taʼrifi shuki, oʻlguday xira, deb oʻyladi, kasalxonada menga qoʻshni, qadamimni poylaydi. M. M. Doʻst, Lolazor
POYLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЙЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
poyla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar