poyloqchi
bilan ulashing
1. Biror kimsa, narsa yoki joyni saqlab, qoʻriqlab turadigan, biror xavf yuz berganda, uni daf qilish uchun chora koʻradigan kishi; soqchi.
-
Bu ham mayli, Komil bilan Inobatning oʻtirganini ayting poyloqchi boʻlib! O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Soqchilar bu yerda poyloqchi boʻlib oʻtirganlaridan juda asabiy edilar. Chunki hozir boshqa gʻoliblar Bobur tarafdorlarining mol-u mulklarini talon-toroj qilib boyimoqda edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. kam qoʻll. Aygʻoqchi, josus.
-
Sardor bularni Hirot va Tejen yoʻli tomonlariga poyloqchi qilib yuborgan edi. S. Ayniy, Qullar
3. so‘zlashuv tili Aniq moʻljalga oluvchi; mergan.
POYLOQCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЙЛОҚЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
poyloqchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar