poyma-poy
bilan ulashing
1. Bir-biriga juft yoki mos boʻlmagan, jufti, poyi adashgan, boshqa-boshqa, adash (juft holda ishlatiladigan narsalar haqida). Poyma-poy tufli. Poyma-poy qoʻlqop. Poyma-poy paypoq.
-
U
-
ham shu lahza Umidni koʻrib, yuragi urib ketdi. U Umidga yaqinlashgan sari, qadamlari beoʻxshov tushar, poyma-poy tufli kiyib olgandek, qiynalar edi. Mirmuhsin, Umid
-
Domla gʻuldurab, bir navi duo qildi-da, kalishini avval poyma-poy kiyib, bukchayib, boshqatdan toʻgʻrilab oldi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. koʻchma Mazmuni bir-biriga bogʻlanmagan, qovushmagan, poyintar-soyintar, telba-teskari.
-
Poyma-poy gap. Poyma-poy soʻzlab bermoq.
-
Asrora Karimjonning kelishini kutib, dunyodagi jami tashvishlarni unutgan, gaplari ham allaqanday poyma-poy, qiliqlari oʻziga yarashmagandek, yerda yurayotganga emas, osmonda uchib yurganga oʻxshardi. S. Ahmad, Ufq
-
Gavhar uni koʻrganida ham, poyma-poy gaplarini eshitganida ham indamay turaverdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
POYMA-POY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЙМА-ПОЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
poyma-poy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar